Descargar Imprimir esta página

LG 22MR410 Manual De Usuario página 123

Ocultar thumbs Ver también para 22MR410:

Publicidad

O'rnatish to'g'risida
Elektr tarmog'iga ulash shnurining ustiga biror narsaning qo'yilishi yoki uni bosib o'tishiga yo'l qo'ymang
hamda displeyni elektr tarmog'iga ulash shnuri shikastlanishi mumkin bo'lgan joylarga joylashtirmang.
Displeydan bevosita suvga yaqin bo'lgan joylarda, jumladan vanna, unitaz, rakovina, kir yuvish tog'ora
kabilar yaqinida, nam yerto'lada yoki hovuzlar yaqinida foydalanmang.
Displeylar ishlash vaqtida hosil bo'lgan issiqlikni chiqarib yuborishga imkon beruvchi havo almashtirish
tirqishlari bilan jihozlangan. Agar ushbu tirqishlar to'silib qolsa, ichki hosil bo'lgan issiqlik yong'in xatarlariga
olib kelishi mumkin bo'lgan xatoliklarni vujudga keltirishi mumkin.
Shuning uchun HECH QACHON:
Displeyni karavot, divan, gilam kabilar ustiga joylashtirish orqali quyi ventilyatsiya tirqishlarini to'sib
y
y
qo'ymang.
Agar yetarli darajada havo almashishi ta'minlanmasa, displeyni ichki qurilgan korpusga joylashtirmang.
y
y
Tirqishlarni latta yoki boshqa narsalar bilan berkitib qo'ymang.
y
y
Displeyni radiator yoki boshqa issiqlik manbai yaqini yoki ustiga joylashtirmang.
y
y
Faol Matritsali LCD-ni qattiq narsalar bilan artmang yoki urmang, chunki bu Faol Matritsali LCD-ni tirnashi,
buzishi yoki butunlay ishdan chiqarishi mumkin.
LCD ekranini barmoqlaringiz bilan uzoq vaqt bosib turmang, chunki bu qoldiq tasvirlarni hosil qilishi
mumkin.
Ayrim nuqtali nuqsonlar ekrandagi Qizil, Yashil yoki Ko'k dog'lar sifatida ko'rinishi mumkin.
Biroq bu displeyning ishlashiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi.
LCD displeyingizda eng yaxshi sifatdagi tasvirlarni olish uchun iloji boricha tavsiya qilingan tasvir aniqligidan
foydalaning. Tasviya qilinganidan boshqa istalgan rejimdan foydalanilganida ekranda ayrim masshtablangan
yoki qayta ishlangan tasvirlar paydo bo'lishi mumkin. Biroq bu belgilangan tasvir aniqligiga ega bo'lgan LCD
panelining o'ziga xos xususiyatidir.
Monitorda harakatsiz tasvirlarni uzoq vaqt namoyish qilish monitorda qoldiq tasvirlarni yoki dog'larni
qoldirishi mumkin. Bu muammoning oldini olish uchun ekran saqlagichdan foydalaning va mahsulotdan
foydalanilmayotganda uni o'chirib qo'ying. Uzoq vaqt davomida foydalanishdan hosil bo'lgan qoldiq tasvir
yoki dog'lar ushbu mahsulotga berilgan kafolat bilan qamrab olinmaydi.
Ekranning old va yon tomonlariga metall buyumlar bilan urmang yoki tirnamang.
Aks holda bu ekranni shikastlashi mumkin.
Siljitish uchun panelni oldinga qarating va uni ikkala qo'lingiz bilan ushlang. Agar mahsulotni tushirib
yuborsangiz, shikastlangan mahsulot elektr toki urishiga yoki yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.
Ta'mirlash uchun vakolatli xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Yuqori haroratlar va namlik ta'siriga uchrashiga yo'l qo'ymang.
Agar ushbu mahsulot moy yoki moyli tuman ta'siriga uchrashi mumkin bo'lsa, uni devorga o'rnatmang.
Bu mahsulotni buzishi va uning tushib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.
y
y
Yaltiroq hoshiyali displeylar uchun foydalanuvchi displeyni qayerga joylashtirish to'g'risida ham o'ylashi
kerak, chunki hoshiya atrofdagi yorug'lik va yorqin yuzalarni qaytargan holda xalaqitlar hosil qilishi mumkin.
Monitor yaqinida elektr pashshao'ldirgich kabi yuqori kuchlanishda ishlaydigan jihozlarlardan foydalanmang.
Kuchli elektr oqimi monitor ishlashida nosozlikni keltirib chiqarishi mumkin.
y
y
AC adapteri va quvvat uchun ehtiyot choralari
Agar mahsulot ichiga suv yoki boshqa moddalar kirib qolsa (TV, monitor, quvvat manbaiga ulash shnuri yoki
AC adapteri), darhol quvvat manbaiga ulash shnurini uzing va xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Aks holda bu mahsulotga shikast yetkazilganligi sababli yong'in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib
y
y
kelishi mumkin.
Elektr manbaiga ulash vilkasi yoki AC adapteriga nam qo'llaringiz bilan tegmang. Agar vilka kontaktlari nam
yoki chang bo'lsa, foydalanishdan oldin ularni arting va quriting.
Aks holda bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
y
y
MUHIM EHTIYOT CHORALARI
2

Publicidad

loading