UZB
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Jihozdan foydalanishdan avval ushbu yo'riqnomani diqqat bilan o'qib chiqing va keyinchalik ma'lumotlar olish uchun saqlab qo'ying.
Dastlabki yoqishdan avval mahsulotning markirovkada ko'rsatilgan texnik xususiyatlari Sizning mahalliy tarmog'ingizdagi elektr ta'minotiga
mos kelishini tekshiring.
Faqat maishiy maqsadlarda foydalaning. Jihoz sanoat maqsadlarida foydalanish uchun mo'ljallanmagan.
Xonadan tashqarida foydalanmang.
Ishlayotgan jihozni qarovsiz qoldirmang.
Tarmoq shnuri shikastlangan yoki boshqa shikastlanishlarga ega bo'lgan jihozdan foydalanmang.
Tarmoq shnurining o'tkir qirralar yoki issiq sitrlarga tegib turmasligini kuzatib boring.
Tarmoq shnurini tortmang, ortiqcha buramang va jihoz korpusi atrofiga o'ramang.
Jihozni ta'minot tarmog'idan uzganda tarmoq shnuridan ushlab tortmang, faqat vilkadan ushlab torting.
Jihozni o'zingizcha ta'mirlashga urinmang. Nosozliklar yuzaga kelgan hollarda yaningizdagi xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Tavsiya qilinmagan qo'shimcha asboblardan foydalanish xavfli bo'lishi va jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Doimo tozalashdan avval va undan foydalanmaydigan bo'lsangiz, jihozni elektr tarmog'idan uzib qo'ying.
Elektr toki urishi va yong'in chiqishining oldini olish uchun jihozni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang. Agar shunday holat yuz
bergan bo'lsa, uni darhol elektr tarmog'idan uzing va tekshirish uchun xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo'lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo'lmagan kishilar
tomonidan foydalanish uchun mo'ljallanmagan. Bunday holatlarda foydalanuvchiga uning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan
avvaldan ko'rsatmalar berilishi kerak.
Shlangni shikastlamaslik uchun uni bukmang va cho'zmang.
Ventilyatsion tirqishlarning to'silib qolmasligini kuzatib boring. Ularga begona narsalarning (chang, soch, kiyimlar va boshq.) tushishiga yo'l
qo'ymang. Changyutgichning so'rish tirqishi, shlang yoki trubka tiqilib qolgan hollarda darhol changyutgichni o'chiring. Qayta yoqishdan
avval tiqilishni bartaraf qilish lozim.
Zinapoyalarda chanyutgich bilan ishlaganda o'ta ehtiyotkor bo'lish lozim.
Yig'ishtirishni boshlashdan avval poldagi changyig'gichni shikastlashi mumkin bo'lgan barcha narsalarni yig'ishtirib oling.
Changyutgich bilan nam yuzalarni tozalamang. Uning yordamida suyuqliklarni ketkazmang.
Suyuq tozalagich bilan ishlov berilgan gilamlar chanyutgich bilan tozalash boshlangunicha qurishlari kerak.
44
MT-1351