Uzb Foydalanish Bo'yicha Yo'riqnoma - Lumme LU-1201 Manual De Instrucciones

Tabla de contenido

Publicidad

Idiomas disponibles
  • ES

Idiomas disponibles

  • ESPAÑOL, página 16
UZB FOYDALANISH BO„YICHA YO„RIQNOMA
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
 Jihozdan foydalanishdan avval ushbu yo„riqnomani diqqat bilan o„qib chiqing va keyinchalik ma„lumotlar olish uchun saqlab qo„ying.
 Dastlabki yoqishdan avval mahsulotning markirovkada ko„rsatilgan texnik xususiyatlari Sizning mahalliy tarmog„ingizdagi elektr ta„minotiga mos kelishini tekshiring.
 Faqat maishiy maqsadlarda foydalaning. Jihoz sanoat maqsadlarida foydalanish uchun mo„ljallanmagan.
 Xonadan tashqarida foydalanmang.
 Ishlayotgan jihozni qarovsiz qoldirmang.
 Tarmoq shnuri shikastlangan yoki boshqa shikastlanishlarga ega bo„lgan jihozdan foydalanmang.
 Tarmoq shnurining o„tkir qirralar yoki issiq sitrlarga tegib turmasligini kuzatib boring.
 Tarmoq shnurini tortmang, ortiqcha buramang va jihoz korpusi atrofiga o„ramang.
 Jihozni ta„minot tarmog„idan uzganda tarmoq shnuridan ushlab tortmang, faqat vilkadan ushlab torting.
 Jihozni o„zingizcha ta„mirlashga urinmang. Nosozliklar yuzaga kelgan hollarda yaningizdagi xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
 Tavsiya qilinmagan qo„shimcha asboblardan foydalanish xavfli bo„lishi va jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
 Doimo tozalashdan avval va undan foydalanmaydigan bo„lsangiz, jihozni elektr tarmog„idan uzib qo„ying.
 DIQQAT: Vanna, rakovina yoki suv to„ldirilgan boshqa sig„imlar yaqinida foydalanmang.
 Elektr toki urishi va yong„in chiqishining oldini olish uchun jihozni suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang. Agar shunday holat yuz bergan bo„lsa, uni darhol elektr tarmog„idan uzing va
tekshirish uchun xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
 Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo„lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo„lmagan kishilar tomonidan foydalanish uchun mo„ljallanmagan. Bunday
holatlarda foydalanuvchiga uning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan avvaldan ko„rsatmalar berilishi kerak.
DASTLABKI FOYDALANISHDAN AVVAL
Keyin jihozning ishchi sirtini toza nam latta bilan arting.
TOZALASH VA QAROV
Tozalashdan avval jihozni albatta elektr tarmog'idan uzib qo'ying. Jihozni to'liq sovuting.
Mahsulotni suv yoki boshqa suyuqlikka botirmang. Jihozni idish yuvish mashinasida yuvish mumkin emas.
Tozalash uchun dag'al tozalash vositalari, organik erituvchilar va agressiv suyuqliklardan foydalanmang.
TEXNIK XUSUSIYATLARI
Model
Elektr ta„minoti
LU-1201
220-240 V, 50 Hz
KAFOLAT ISHLATILUVCHI MATERIALLARGA (FILTRLAR, SOPOL VA KUYISHGA QARSHI QOPLAMALAR, REZINA ZICHLAGICHLAR KABILAR) NISBATAN QO„LLANILMAYDI
Jihoz ishlab chiqarilgan sanani mahsulot qutisidagi identifikatsion stikerda va/yoki mahsulotning o„zidagi stikerda joylashgan seriya raqamidan topish mumkin. Seriya raqami 13 ta raqamdan iborat, 4 va 5-
belgilar jihoz ishlab chiqarilgan oyni, 6 va 7-belgilar jihoz ishlab chiqarilgan yilni bildiradi.
Ishlab chiqaruvchi avvaldan xabardor qilmagan holda jihoz dizayni va texnik xususiyatlariga o„zgartirishlar kiritish huquqini o„zida saqlab qoladi.
Ishlab chiqaruvchi-zavod:
Cosmos Far View International Limited
Room 701, 16 apt, Lane 165, Rainbow North Street, Ningbo, China
Kilingаn Kitаy
Quvvati
Netto / brutto og„irligi
700 W
0,65 kg / 0,85 kg
30
Qutining o„lchamlari (U х K х B)
262 mm x 113 mm x 154 mm

Publicidad

Tabla de contenido
loading

Tabla de contenido