Descargar Imprimir esta página

Oppo Enco Free 2 Guia De Inicio Rapido página 41

Publicidad

Idiomas disponibles
  • ES

Idiomas disponibles

  • ESPAÑOL, página 20
Oʻzbek
Bluetooth orqali juftlash
1.
Agar OPPO Enco Free2 haqiqiy simsiz quloqliklarini birinchi
marta sozlayotgan boʻlsangiz, quloqliklar solingan quvvatlash
qutisini oching. Quloqliklar avtomatik ravishda telefoningizga
juftlana boshlaydi.
2.
Telefoningizda Bluetooth aloqasini yoqing:
• Oddiy juftlash: juftlashni yakunlash uchun Bluetooth
sahifasida "OPPO Enco Free2" qurilmasini qidirib toping
va tanlang.
• Tezkor juftlash: OPPO Enco Free2 quloqliklaringizni
Bluetooth aloqasi yoqilgan OPPO telefoniga yaqinlashtiring.
Telefoningizda oʻrnatish soʻrovi oynasi ochiladi. Juftlashni
yakunlash uchun ekrandagi soʻrovlarni bajaring.
Eslatma: faqat ayrim OPPO telefon modellari tezkor juftlash funksiyasini
qoʻllab-quvvatlaydi. Tafsilotlar uchun www.oppo.com saytiga kiring.
Boshqa qurilmalarga juftlash
1.
Ichiga quloqliklar solingan quvvatlash qutisini oching va
indikator oq rangda yonguniga qadar Funksiya
tugmasini 2 soniya bosib turing. Quloqliklaringiz juftlash
uchun tayyor holatda.
2.
Qurilmangiz Bluetooth sahifasida juftlashni yakunlang.
Quloqliklarning taqilganini aniqlash
OPPO Enco Free2 quloqliklari bilan audio tinglashda ulardan
biri quloqdan olinsa, ijro pauzalanadi. Uni yana taqish ijroni
davom ettiradi.
Quloqlik uchining loyiq kelishi
Loyiq quloqlik uchidan foydalanilsa, qulaylik bilan birga shovqin
yaxshiroq kamaytiriladi hamda tovush sifati oshadi. Quloq
kanallaringizni yaxshi berkitadigan quloqlik uchlarini tanlab
oling. Unutmang, chap va oʻng quloqlarga turli oʻlchamdagi
quloqlik uchlari loyiq kelishi mumkin.
※ Eng loyiq quloqlik uchlarini tanlash uchun quloqlik uchi tekshiruvini bajarishingiz
mumkin. Tafsilotlar uchun "Quloqlik funksiyalari" boʻlimiga qarang.
Bluetooth
OPPO Enco Free2
Quvvatlash
Batareya quvvati darajasi
• Quloqliklaringiz quvvatlash qutisida ekanida, indikator
quloqliklarning batareya quvvati darajasini koʻrsatadi.
Quloqliklarni quvvatlash qutisidan olganingizda esa, indikator
quvvatlash qutisining batareya quvvati darajasini koʻrsatadi.
• Batareya quvvati darajasini koʻrsatish uchun turli indikator
ranglaridan foydalaniladi. Xususan, qizil rang batareya
quvvatining kamligi, sariq rang oʻrtacha hamda yashil rang
quvvatning toʻla yoki yetarli ekanini koʻrsatadi.
Quloqliklaringizni quvvatlash
Quvvatlashni boshlash uchun quloqliklaringizni quvvatlash
qutisiga soling. Indikator quloqliklarning batareya quvvati
darajasini koʻrsatadi.
Bluetooth
Qutini quvvatlash
OPPO Enco Free2
Quvvatlash paytida indikator yonadi. Sariq rang quvvatlash
jarayoni ketayotgani, yashil rang quvvatlashning yakunlanganini
bildiradi.
38

Publicidad

loading