XAVFSIZLIK BO'YICHA MUHIM KO'RSATMALAR
10
• Havo filtrini olish vaqtida jihozning metal qismlariga tegib ketmang.
Ular juda o'tkir qirrali!
- Tan jarohati yetish xavfi bor.
• Jihozga (tashqi bloklarga) oyoq yoki boshqa narsalar qo'yilmasin.
- Bunda jarohat yetishi va jihoz ishdan chiqishi mumkin.
• Har doim filtrni mustahkam o'rnating. Filtrni har ikki haftada bir marta
yoki, zarur bo'lsa, undan ko'proq marotaba tozalang.
- Ifloslangan filtr havo konditsioneri samaradorligini pasaytiradi va
mahsulot ishdan chiqishiga yoki shikastlanishiga sabab bo'ladi.
• Konditsioner ishlayotgan vaqtda qo'lingiz yoki boshqa narsalarni havo
oqimi kiradigan va chiqadigan teshiklariga tiqmang.
- Bu qismlar o'tkir qirrali bo'lib, harakatlanuvchi qismlari tan jarohati
yetkazishi mumkin.
• Konditsionerdan chiqadigan suvni ichmang.
- Bu sanitariyaga muvofiq emas va jiddiy kasalliklarga sabab bo'lishi
mumkin.
• Jihozni tozalash yoki sozlash vaqtida mustahkam katta stol yoki
narvondan foydalaning.
- Tan jarohatidan ehtiyot bo'ling.
• Masofadan boshqarish pultining batareyalarini ayni shu turdagi
yangilari bilan almashtiring. Eski va yangi batareyalar yoki turli xildagi
batareyalarni aralashtirmang.
- Buda yong'in chiqishi yoki portlash xavfi bo'lishi mumkin.
• Batareyalarni qayta quvvatlantirmang yoki ularni bo'laklarga
bo'lmang. Batareyalarni olovga tashlamang.
- Ular yonib ketishi yoki portlab ketishi mumkin.
• Agar batareyalardan chiqqan suyuqlik teringiz yoki kiyimingizga
tegsa, toza suv bilan yaxshilab yuvib tashlang. Batareyalar suyuqlik
sizib chiqqan bo'lsa, masofadan boshqarish pultidan foydalanmang.
- Batareyalarning ichidagi kimyoviy moddalar yonishi yoki sog'liqqa
boshqa xavf tug'dirishi mumkin.