8. E-rasmda ko'rsatilgandek, nasadkaning chiqish teshigini milklar konturi
bo'ylab siljitish orqali og'iz gigiyenasini bajaring.
Eslatma. Agar ishlayotgan paytida rezervuarda suv tugagan bo'lsa, quvvat
tugmasini bir marta bosish orqali qurilmani o'chiring va yuqoridagi 1 va 2-
bandlarda tasvirlanganidek rezervuarni to'ldiring. So'ngra og'iz gigiyenasini
davom ettiring
9. Quvvat tugmasini bir marta bosish orqali qurilmani o'chiring.
10. Rezervuar qopqog'ini oching va qolgan suvni to'kib tashlang.
11. Nasadka va rezervuarni tozalang ("Kundalik parvarish"ga qarang).
Tozalash va parvarishlash
Kundalik parvarish. Nasadkani blokirovkadan chiqarish tugmasini bosib
ushlab turing va nasadkani yuqoriga qarab torting. D-rasmda ko'rsatilgandek
rezervuarni ajratib oling. Nasadka va rezervuarni oqar suv ostida yuving va
keyin yaxshilab quriting. Rezervuar va nasadkani joyiga o'rnating.
Har tomonlama parvarish. Haftada bir marta rezervuarni har tomonlama
tozalashni amalga oshirish kerak. D-rasmda ko'rsatilgandek rezervuarni ajratib
oling. Yuvish va tozalash vositalarini ishlatmasdan, uni tashqi va ichki qismini
yumshoq cho'tka yoki gubka bilan oqar suv ostida yuving, keyin esa yaxshilab
quriting. Rezervuarni joyiga o'rnating.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
1.
Qurilma yoqilmayapti. Ehtimoliy sabab: batareya quvvatsizlangan. Yechim:
qurilmani zaryadlang (zaryadlash vaqti kamida 4,5 soat).
2. Qurilma suv bilan ta'minlamaydi. Ehtimoliy sabablar: rezervuardagi suv
tugadi; nasadkaning chiqish teshigiga kir to'lib qolgan. Yechim: rezervuarni
suv bilan to'ldiring; nasadkaning chiqish teshigini tozalang.
3. Suv berish quvvati yetarli emas. Ehtimoliy sabab: noto'g'ri ishlash rejimi /
quvvat tanlangan. Yechim: rejim va quvvatni tanlash tugmasi yordamida
kerakli ishlash / quvvat rejimini sozlang.
DIQQAT! Taklif etilgan usullarning hech biri muammoni hal qilishga yordam
bermagan bo'lsa, yetkazib beruvchiga yoki vakolatli xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling. Qurilmani qismlarga ajratmang yoki uni o'zingiz
ta'mirlashga urinmang.
aeno.com/documents
147