UZB
AENO bug'li po'lyuvgich bu uyni nam tozalash uchun mo'ljallangan
maishiy texnika. U pollar, stollar, deraza tokchalari, gilamchalar va boshqa shu
kabi yuzalardagi iflos va yog'li dog'larni tozalaydi.
Model: ASM0001 (Rozetka turi E/F), ASM0001-UK (Rozetka turi G).
Texnik xususiyatlari
Quvvat adapteriga kirish kuchlanishi: o'zgaruvchan toki 220–240 V, 50/60 Gtz.
Nominal quvvati: 1200,0 Vt. Suv bakining hajmi: 380 ml. Bak suv bilan to'la
bo'lgandagi ishlash vaqti: 38 min gacha. Suv sarfi: 27 g/min gacha. Bug' bosimi:
3 bargacha. Bug' harorati: taxminan +110 °C. Isitish vaqti ish holatigacha:
taxminan 17 sek. Qurib ketishidan himoya: bor. Ishlatish shartlari: –5 °C dan
+40 °C gacha. Qurilmaning o'lchamlari (U×E×B): 251×146×1130 mm.
Yetkazib berilgan mahsulotning to'plami
Po'lyuvgichning yig'ilgan holati (a yig'ish rasmiga qarang):
Suv baki (1), suv bakining probkasi (2), suv filtirining kartridji (3), elektr shnuri (4)
(usti yopiq elektr sim), suv bakining mandali (5), bug'li po'lyuvgichning
korpusi (6).
Nasadkalarning to'plami:
Plastik cho'tka-qirg'ich (7), metalli cho'tka-qirg'ich (8), dumaloq cho'tka-qirg'ich
va matoli qoplama (9), "ikkitasida bitta" cho'tka (10): cho'tka, fiksator (muayyan
holatda mahkamlab qo'yadigan moslama), ko'pikli yostiq (nakladka) va matoli
qoplama, asosiy cho'tka (11), gilamlar uchun mo'ljallangan matoli yostiq (12)
(nakladka) (kattasi), gilamlar uchun mo'ljallangan matoli yostiq (13) (nakladka)
(kichigi) gilamni tozalovchi nasadkalar (14).
Shlang va trubkaning to'plami: kengaytma trubkasi (15) (ikki qismli),
kengaytma shlangi (16). Aksessuarlar: devorga o'rnatiladigan kronshteyn va unga
mo'ljallangan mahkamlagichlarning to'plami (17) (3M lentasi va burama mix),
AENO qurilmasidan foydalanishda savollaringiz yoki qiyinchiliklaringiz bo'lsa,
elektron pochta support@aeno.com yoki aeno.com/service-and-warranty
saytidagi onlayn chat orqali qo'llab-quvvatlash xizmati bilan bog'laning.
Mutaxassislar muammoni hal qilishga yordam beradi va siz do'konga
borishga vaqt va kuch sarflashingiz shart emas.
114
aeno.com/documents