Descargar Imprimir esta página

AENO DB7 Guia De Inicio Rapido página 61

Publicidad

Idiomas disponibles
  • ES

Idiomas disponibles

  • ESPAÑOL, página 54
DIQQAT! Himoya qopqog'i micro-USB portining suv o'tkazmasligini ta'minlaydi.
Agar himoya qopqog'i yechib olinga bo'lsa, qurilma portiga suyuqliklarning
tushishiga yo'l qo'ymang.
USB(A)/micro-USB kabeli yordamida qurilmani elektr ta'minoti manbaiga ulang.
Quvvat indikatori sariq rangda yonishni boshlaydi. Yorug'lik diodli indikator yashil
rangda yonsa, akkumulyator to'liq quvvatlangan bo'ladi. Qurilmani elektr ta'minoti
manbaidan o'chiring, keyin esa, kabelni micro-USB portidan uzing. Himoya
qopqog'ini qurilma tutqichiga joylashtiring.
Qurilmaning ishlash rejimlarini sozlash
Elektr ta'minoti tugmasini bir marta bosib, qurilmani yoqing. Tugmani keyingi
bosish ish rejimlariga o'tkazadi. Oxirgi ishlatilgan rejim keyingi safar yoqilganda
qurilma sozlamalarida saqlanib qoladi.
Ishlash rejimlari
 "Soft" ("Yumshoq"). Tishlarni ehtiyotkorlik bilan, yumshoq tozalash. Sezuvchan
tishlarni tozalash, shuningdek, bolalar tomonidan tishlarni tozalash uchun
tavsiya etiladi.
 "Clean" ("Toza"). Kundalik tozalash. Standart tozalash uchun tavsiya etiladi.
 "White" ("Oq"). Tishlarni oqartirish. Chekuvchilar va tez-tez qahva yoki choy
ichadigan odamlar uchun tavsiya etiladi.
Ishlatish
Junli uchlik. Uchlikni D rasmda ko'rsatilganidek o'rnating. Nasadkaning junli
qismini namlang va unga kerakli miqdorda tish yuvish vositasini surting.
Uchlikning junlarini tishlarning yuzasiga taxminan 45 ° burchak ostida yo'naltiring.
Qurilmani yoqish uchun elektr ta'minoti tugmasini bosing. Tish emaliga ortiqcha
bosmasdan tishlaringizni tozalang. Har 30 soniyada qurilma tebranishni qisqa
muddatga to'xtatib, tozalash joyini o'zgartirish zarurligi haqida ogohlantiradi. Har
bir ogohlantirishdan keyin tozalash joyini o'zgartiring. 2 daqiqa ishlagandan so'ng,
qurilma avtomatik ravishda o'chadi.
Tish toshini tozalash uchun uchlik bilan. Uchlikni E rasmda ko'rsatilganidek
o'rnating. Uchlikning metall uchini tish yuzasiga taxminan 45 ° burchak ostida
yo'naltiring. Qurilmani yoqish uchun elektr ta'minoti tugmasini bosing. Muammoli
joylarni ehtiyotkorlik bilan vertikal harakatlar yordamida tozalang.
DIQQAT! Tish toshini tozalash uchligidan foydalanganda ortiqcha kuch
ishlatmang. Uchlikka ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo'lish og'iz bo'shlig'iga
shikast yetkazishi, shuningdek, tish emalining shikastlanishiga olib kelishi
mumkin.
Har 30 soniyada qurilma tebranishni qisqa muddatga to'xtatib, tozalash joyini
o'zgartirish zarurligi haqida ogohlantiradi. Har bir ogohlantirishdan keyin tozalash
joyini o'zgartiring. 2 daqiqa ishlagandan so'ng, qurilma avtomatik ravishda o'chadi.
Eslatma. Tish toshlarini tozalash uchligidan foydalanish tish shifokoridagi
professional og'iz gigienasi o'rnini bosa olmaydi.
Tozalash va parvarish qilish
DIQQAT! Qurilmani faqat uni o'chirgandan va elektr ta'minoti manbaidan
uzgandan keyin tozalang.
Qurilmani va uning butlovchi qismlarini oqar suv ostida yuving. Keyin uni
quriguncha arting.
Mumkin bo'lgan nosozliklarni bartaraf etish
1. Tish cho'tkasi yoqilmaydi. Ehtimoliy sabab: Batareya quvvati tugagan. Yechim:
qurilmani quvvatlantiring (quvvatlash vaqti – kamida 4 soat).
2. Elektr ta'minoti manbaiga ulangan qurilma quvvatlanmayapti (quvvat
indikatori yonmayapti). Ehtimoliy sabab: qurilma uzoq vaqt davomida
ishlatilmagan. Yechim: Cho'tkani elektr quvvati manbaiga ulang va taxminan
15 daqiqa kuting. Quvvat indikatori yonmasa, vakolatli xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
Agar sizda AENO™ qurilmasidan foydalanish bo'yicha savollaringiz yoki
qiyinchiliklar yuzaga kelgan bo'lsa, iltimos, support@aeno.com elektron pochta
manzili yoki aeno.com/service-and-warranty onlyan-chat sahifasi orqali qo'llab-
quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Mutaxassislar muammoni hal qilishga
yordam beradi va siz do'konga borishga vaqt va kuch sarflashingiz shart emas.
ASBISc foydalanuvchilarni oldindan ogohlantirmasdan qurilmaga rivojlantirish va ushbu
hujjatga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Kafolat va xizmat muddati – qurilma chakana savdo tarmog'ida sotilgan kundan boshlab 2
yil.
Ishlab chiqaruvchi haqida ma'lumot: ASBISc Enterprises PLC, Iapetou, 1, Agios Athanasios,
4101, Limassol, Cyprus (Kipr). Xitoyda ishlab chiqarilgan. Ushbu hujjatda keltirib o'tilgan
barcha tovar belgilari va savdo markalari tegishli egalarining mulki hisoblanadi. Ishlab
chiqarish sanasi oʻramda koʻrsatilgan.
Qurilmaning dolzarb ma'lumotlari va batafsil tavsifi, shuningdek ulanish bo'yicha
ko'rsatmalar,
sertifikatlar,
kompaniyalar haqidagi ma'lumotlar aeno.com/documents sahifasida mavjud.
aeno.com/documents
sifat
va kafolatlar
bo'yicha da'volarni qabul qiladigan
61

Publicidad

loading

Este manual también es adecuado para:

Db8Adb0007Adb0008