4. Agar matoda bir necha tolalar turi aralash bo'lsa, doimo mos haroratni tanlang, agar matoda
60% poliester va 40% ip-gazlama bo'lsa, Siz doimo poliesterga mos haroratni tanlang, va bug'ni
ishlatmang.
5. Dazmollanadigan matolarni avval dazmollash haroratiga ko'ra turiga ajrating : jun matolar,
ip-gazlama kiyimlar va hokazo, dazmolning tez qizishiga yoki sovishiga qarab, past haroratni
talab etuvchi buyumlardan, masalan, sintetik tolali matolardan boshlang. Keyin yuqoriroq
haroratni talab etuvchi buyumlarga o'ting.
6. Old tomonida joylashgan harorat dastasini quyidagilarga muvofiq, tegishli belgisigacha
aylantiring:
•
neylon va atsetat uchun holati
• •
jun, ipak yoki aralash tolali mato uchun holati
• • •
ip-gazlama yoki zig'ir uchun holati (bug').
Suv uchun idishni to'ldirish.
1. Dazmolni o'chiring.
1. Bug' dastagini quruq dazmollashga o'tkazing.
2. Suvni idishga quyish og'zi orqali to'ldirib quying.
3. Agar Sizdagi suv kaltsiyli bo'lsa, faqat distillangan yoki mineralsiz suvdan foydalanish yaxshiroq.
-kimyoviy moddali yoki xushbo'y moddali suvdan foydalanmang
4. Dazmolni idishda suv bo'lganda saqlamang.
Bug'li dazmollash
1. Dazmolni "Suv uchun idishni to'ldirish" bo'limida ko'rsatilganidek to'ldiring.
2. Dazmolni tarmoqqa ulang.
3. Bug'li dazmollash faqat harorat dastasida eng yuqori harorat belgilanganda tanlanishi
mumkin.
Aks holda, suv dazmolning asosi orqali oqib ketishi mumkin.
4. Indikator chirog'i o'chishini kutib turing, u dazmol tanlangan haroratga yetganligini ko'rsatadi.
5. Bug' tugmasini kerakli holatga o'tkazing.
6. Dazmollash tugaganda va dazmollashni to'xtatib turganda, dazmolni vertikal holatga qo'ying.
7. Dazmolni elektr tarmog'idan ajratib oling. Qolgan suvni to'kib tashlang va dazmolni sovishi
uchun qoldiring.
Suv sepish
1. Suv sepish istalgan holatda, quruq yoki bug'li dazmollashda, suv idishiga suv quyilgan bo'lishi
sharti bilan, ishlatilishi mumkin.
2. Ushbu funktsiya uchun, suv sepish tugmasini bosing.
IZOH: Ushbu funktsiyadan birinchi marta foydalanish uchun, bu tugmani ikki marta bosish
kerak.
Bug' purkash
Bug' purkash qattiq g'ijimlarni tekislash uchun qo'shimcha bug'ni beradi.
1. Harorat dastasini "max" holatiga o'tkazing va chirog'i o'chishini kutib turing.
2. Bug' tolalarning ichiga kirishi uchun, takroran bosishdan avval ozgina kutib turing.
IZOH: Bug'ning eng yaxshi sifatiga erishish uchun, har gal uch martadan ortiq ketma-ket bug'
purkamang. Bu funktsiyani bajarish uchun tugmani bir necha marta bosish lozim.
- 59 -