Descargar Imprimir esta página

AENO DI2 Manual De Instrucciones página 117

Publicidad

Idiomas disponibles
  • ES

Idiomas disponibles

  • ESPAÑOL, página 104
Qurilmani foydalanishga tayyorlash
Qurilmani o'rovdan chiqarib oling. Uning korpusini ozgina suv bilan
namlangan mato bilan artib, quriting. Suv quyiladigan idishini ajratib oling
(f-rasmga qarang). Suv quyiladigan idishni va barcha nasadkalarni "Texnik xizmat
ko'rsatish" ("Kundalik parvarish") bo'limida ko'rsatilgandek yuving va quriting.
Qurilmani quvvatlash
DIQQAT! Tarmoq adapteri yetkazib beriluvchi komplektga kirmaydi. 5 V (DC) ,
2,0 A quvvat manbaini ta'minlaydigan har qanday quvvat elektr manbaidan
(adapter, portativ quvvatlovchi va boshqalar) foydalanishingiz mumkin.
d-rasmda
ko'rsatilganidek, qurilmani elektr quvvati
manbaiga
ulang.
Quvvatlash paytida batareya quvvatining indikatori (6):
 qurilma quvvatlanmoqda – indikator miltillayapti;
 qurilma to'liq quvvatlangan – indikator uzluksiz yonib turadi.
Quvvatlash yakunlangandan so'ng, qurilmani elektr tarmog'idan uzing,
kabelni (12) ajratib oling va qopqog'ini mahkam o'rnatish orqali USB portini (8)
yoping.
Batareya quvvati indikatorining ish rejimidagi holati (6):
 quvvat 10 % dan kam – indikator miltillaydi, qurilma yoqilmaydi;
 quvvat 10–100 % – indikator uzluksiz yonib turadi.
Almashtiriluvchi nasadkalardan birini (13–15) korpusga o'rnating, uni tiqillash
ovozi eshitilgungacha ezing. Nasadka 360° ga aylanishi mumkin.
Irrigator nasadkalarining belgilanish maqsadi (c rasm):
(13) – oziq-ovqat qoldiqlarini, tish blyashkasini olib tashlash uchun standart
nasadka;
(14) – tish protezlari, breketlar uchun ortodontik nasadka;
(15) – parodontal cho'ntaklarni tozalash uchun nasadka.
Suv idishini (2) g-rasmda ko'rsatilganidek to'ldiring. Suv kiruvchi teshikning
qopqog'ini (10) mahkam yoping. Keyin esa, qurilmaning ishlash rejimini
tanlashga o'ting.
Qurilmaning ishlash rejimini tanlash
ESLATМА. Ishlash rejimini sozlash uchun, suv oqimi ichki interyerga zarar
bermasligi va rejimni tanlash paneli (5) sizga ko'rinib turishi uchun
nasadkaning chiqish teshigini xavfsiz tomonga yo'naltiring.
aeno.com/documents
117

Publicidad

loading

Este manual también es adecuado para:

Adi0002