shikastlangan bo'lsa, uni aslo ishlatmang. Moslamani o'zingiz ta'mirlashga
urinmang. Grilingizni har doim issiqqa chidamli poydevorga ega bo'lgan tekis,
qattiq, barqaror yuzaga va yaxshi shamollanib turadigan joyga qo'ying. Agar
gril ichida juda ko'p ovqat bo'lsa va uni yopish qiyin bo'lsa, hech ham kuch
ishlatmang, chunki bu qurilmaga zarar etkazishi mumkin. Yong'in xavfini oldini
olish uchun hech qachon moslama ishlayotgan paytda uni qarovsiz
qoldirmang. Grilni tarmoqqa ulash vaqtida u yopiq holatda bo'lishi kerak.
Pishirgandan so'ng, pishgan ovqatni faqat yog'ochli yoki issiqqa chidamli kurak
yordamida oling. Ovqatni grildan olish uchun o'tkir vilka yoki pichoqni
ishlatmang, chunki bu yopishmaydigan qoplamaga zarar etkazishi mumkin.
Muzlatilgan ovqatni to'liq eritib olish kerak, keyin uni grilda pishiring.
Grilni ishga tushirish uchun tayyorgarlik ko'rish
Grilini o'rovdan ochib oling va kabelni tortib yozing, faqat vilkani rozetkaga
ulamang. Isitish plastinalari (4) (b rasmga qarang) tozaligiga va chang
bo'lmasligiga ishonch hosil qiling. Agar kerak bo'lsa, nam mato bilan artib oling.
Yog'ni yig'uvchi plastik taglik (6) grilning orqa tomoniga o'rnatilganligini
tekshiring (c rasmga qarang). Grilni mustahkam poydevorli tekis, barqaror
yuzaga qo'ying. Vilkani rozetkaga ulang, "Quvvat" oq chirog'ining (2)
yoqilganligini ko'rasiz (a rasmga qarang). Ish yuzani oldindan qizdirish uchun
harorat sozlagichining tutqichini (1) "0" dan "MAX" gacha burang va shu
vaqtning o'zida "Haroratnig avtomatik nazorati" ko'k chirog'i (3) yonadi. Ish
yuzasi ma'lum bir haroratgacha qizdirilgandan keyin (bu, odatda, 3–5 daqiqa
vaqtni oladi), ko'k chiroq (3) o'chadi. Bu degani grilning ishga tayyorligini
anglatadi.
Birinchi marta foydalanganda, moslamani o'n daqiqa davomida ovqatsiz
qizdiring. Engil tutun yoki hidning oz miqdori odatiy hol va zararsizdir.
Grilni Ishlatish
Grilni oching va ovqatni pastki yuzaga qo'ying. Grilni yoping, ko'k chiroq (3)
76
aeno.com/documents