periodontal cho'ntaklarni tozalash uchun nasadka (16).
Suv idishini (2) g rasmda ko'rsatilganidek to'ldiring. Suv kiruvchi teshikning
qopqog'ini (10) mahkam yoping. Keyin esa, qurilmaning ishlash rejimini
tanlashga o'ting.
Qurilmaning ishlash rejimini sozlash
Ishlash rejimini sozlash uchun, suv oqimi ichki interyerga zarar bermasligi va
rejimni tanlash paneli (5) sizga ko'rinib turishi uchun nasadkaning chiqish
teshigini xavfsiz tomonga yo'naltiring.
Qurilmani yoqish uchun (3) tugmasini bosing. Irrigator panelida (5) ish rejimi
indikatori yonadi. Rejimni tanlash tugmasi bilan (4) kerakli rejimni tanlang.
Sukutga ko'ra, qurilmani birinchi marta yoqganingizda, qurilmada "High"
("Intensiv") rejimi o'rnatilgan bo'ladi. Rejimni tanlash tugmachasini (4) keyingi
marta bosish panelda (5) ko'rsatilgan ish rejimlarini navbatma-navbat
o'zgartiradi.
Qurilmaning ishlash rejimlari
"High" ("Intensiv") – sog'lom milklar uchun intensiv tozalash;
"Medium" ("Standart") – kundalik standart tozalash, blyashkani olib tashlash;
"Light" ("Oson") – sezgir tishlar va milklar uchun ehtiyotkor tozalash.
Shuningdek, qurilmadan birinchi marta foydalanayotganlar uchun ham
tavsiya etiladi;
"Spot" ("Purkash") – og'iz bo'shlig'iga puhtalik bilan ishlov berish, tish
orasidagi bo'shliqlardan oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlash, tish toshining
shakllanishini oldini olish. Tugma (3) bosilganda suv beriladi.
Qurilmaning har bir ish rejimi uchta quvvat darajasiga ega: yuqori, o'rta, past.
Quvvat darajasini o'zgartirish uchun (4) tugmasini 3 (uch) soniya bosib turing.
Oxirgi o'rnatilgan rejim va uning quvvat darajasi irrigator keyingi safar
yoqilganda avtomatik ravishda tanlanadi. Qurilmani (3) tugmasi bilan o'chiring.
Qurilmani ishlatish
Nasadkaning chiqish teshigini (1) og'iz bo'shlig'iga yo'naltiring. Qurilmani
yoqish uchun (3) tugmasini bosing. Nasadkaning chiqish teshigini (1) h rasmda
ko'rsatilganidek, milklar konturi bo'ylab harakatlantiring. Tozalash vaqtida (4)
tugmasi yordamida ish rejimini va uning quvvat darajasini o'zgartirishingiz
114
aeno.com/documents