396
O'zbek
Qayta quvvatlanadigan batareyani chiqarib olish
Jihoz tashlab yuborilayotgan paytda uning oʻrnatilgan,
qayta quvvatlanadigan batareyasi faqat malakali
mutaxassis tomonidan ajratib olinishi lozim.
Batareyani chiqarib olishdan avval batareya toʻliq
boʻshligini tekshiring.
Jihozni ochish uchun asboblardan foydalanishda
va quvvatlanadigan batareyalarni chiqindiga
tashlashda barcha kerakli xavfsizlik choralarini
koʻring. Koʻzingiz, qoʻllaringiz, barmoqlaringiz va
siz ishlayotgan yuza himoyalanganiga ishonch
hosil qiling.
Batareyani qoʻlga olganingizda, qoʻllaringiz,
mahsulot va batareyalar quruq ekanligiga ishonch
hosil qiling.
Batareyani ajratib olgandan soʻng, qisqa tutashuv
sodir boʻlmasligi uchun batareya klemmalariga
metall buyumlar (masalan, tanga, soch qadagich,
uzuk) teginishiga yoʻl qoʻymang. Batareyalarni
zarqogʻozga oʻramang. Batareyani chiqindiga
tashlashdan avval, uning klemmalarini skotch
bilan oʻrang yoki batareyani paketga soling.
Qayta quvvatlanadigan batareyani chiqarib olish uchun
sizga sochiq yoki mato, bolgʻa va yassi uchli (standart)
buragich kerak boʻladi. Quyidagi amallarni
bajarayotganda asosiy xavfsizlik koʻrsatmalariga rioya
qiling.
1 Batareyani toʻliq quvvatsizlantirish uchun dastani
quvvatlagichdan chiqaring, tish choʻtkasini yoqing va
uni toʻxtagunga qadar ishlashga qoldiring. Bu
bosqichni tish choʻtkasi yoqilmay qolguncha
takrorlang.