249
O'zbek
Jihoz tashlab yuborilayotgan paytda uning oʻrnatilgan,
qayta quvvatlanadigan batareyasi faqat malakali
mutaxassis tomonidan ajratib olinishi lozim.
Batareyani chiqarib olishdan avval batareya toʻliq
boʻshligini tekshiring.
Qayta quvvatlanadigan batareyani chiqarib olish
TARKIBIDA LITIUM-IONLI QAYTA QUVVATLANADIGAN
AKKUMULYATOR MAVJUD. TEGISHLI TARTIBDA QAYTA
ISHLANISHI YOKI CHIQITGA CHIQARILISHI KERAK.
Jihoz tashlab yuborilayotgan paytda uning oʻrnatilgan,
qayta quvvatlanadigan batareyasi faqat malakali
mutaxassis tomonidan ajratib olinishi lozim.
Batareyani chiqarib olishdan avval batareya toʻliq
boʻshligini tekshiring.
Jihozni ochish uchun asboblardan foydalanishda
va quvvatlanadigan batareyalarni chiqindiga
tashlashda barcha kerakli xavfsizlik choralarini
koʻring. Koʻzingiz, qoʻllaringiz, barmoqlaringiz va
siz ishlayotgan yuza himoyalanganiga ishonch
hosil qiling.
Batareyani qoʻlga olganingizda, qoʻllaringiz,
mahsulot va batareyalar quruq ekanligiga ishonch
hosil qiling.
Batareyani ajratib olgandan soʻng, qisqa tutashuv
sodir boʻlmasligi uchun batareya klemmalariga
metall buyumlar (masalan, tanga, soch qadagich,
uzuk) teginishiga yoʻl qoʻymang. Batareyalarni
zarqogʻozga oʻramang. Batareyani chiqindiga
tashlashdan avval, uning klemmalarini skotch
bilan oʻrang yoki batareyani paketga soling.
Qayta quvvatlanadigan batareyani chiqarib olish uchun
sizga yassi uchli (standart) buragich kerak boʻladi.
Quyidagi amallarni bajarayotganda asosiy xavfsizlik
koʻrsatmalariga rioya qiling.