Haier AP24UFAHRA Manual De Funcionamiento Y Manual De Instalación página 35

Tabla de contenido

Publicidad

Idiomas disponibles
  • ES

Idiomas disponibles

Elektr xavfsizligi bilan bog'liq talablar
Eslatma:
.
1
Elektr simlarini o'tkazish vaqtida atrof-muhit shart-sharoitlarini (atrof-muhit harorati, to'g'ridan-to'g'ri
quyosh nuri va yomg'ir tushishi) e'tiborga olish va samarali himoya choralarini qo'llash lozim.
2.
Elektr ta'minoti simlari va ulovchi simlar sifatida mis simlardan mahalliy standartlarga muvofiq
foydalanish lozim.
3.
Ichki blok va tashqi blok ishonchli tarzda yerga tutashtirilishi kerak.
4.
Elektr simlarni o'tkazishda avval tashqi blok va so'ng ichki blok uchun elektr simlarni o'tkazish lozim.
Elektr simlarni o'tkazish va quvurlarni ulash ishlari bajarib bo'lingandan so'nggina konditsionerni yoqish
mumkin.
5.
Konditsioner uchun alohida ajratilgan tarmoq zanjirdan foydalanish shart hamda yetarli sig'imga ega
tok sizib chiqishidan himoyalovchi qurilma o'rnatilishi kerak.
O'rnatuvchi shaxs malakasi bilan bog'liq talablar
Davlat qonunlari va me'yorlariga muvofiq tegishli malaka sertifikatiga ega bo'lish talab
etiladi.
Ichki blokni o'rnatish
1.
Devorga o'rnatiladigan panelni qotirish va quvur yo'li sxemasi
Ichki blok uchun chap/o'ng tomondan quvur ulanganda yoki ichki blok bug'latgich interfeysi va ulovchi
quvur rupor og'zini o'rnatish uchun tashqariga uzaytirib bo'lmasa, ulovchi quvurlar ichki blok bug'latgich
quvur yo'liga ulanishi kerak.mouth.
2.
Quvur yo'li sxemasi
Ulovchi quvurlar, drenaj shlangi va ulovchi elektr simlarni bir bog'lam qilib bog'laganda drenaj shlangi
pastda va ulovchi elektr simlari tepada bo'lishi kerak. Elektr ta'minoti simini ulovchi elektr simi bilan birga
juft qilib bir bog'lam qilish mumkin emas. Drenaj quvurlariga (ayniqsa, xona ichi va jihoz ichidagi qismlariga)
issiqlikdan izolyatsiyalovchi material o'rash shart.
3.
Bosim hosil qilish uchun azot to'ldirish va sizib chiqishni tekshirish
Ichki blok bug'latgichi ulovchi quvurga ulangandan keyin (payvandlashdan keyin), bug'latgich ichiga va
bug'latgichga ulangan quvur yo'liga azot ballon yordamida4,0 MPa dan ortiq bosimda azot to'ldirish kerak
(bosim reduksion klapan bilan sozlanadi). Shundan so'ng, azot balloni klapanini yoping va sizib chiqishni
aniqlang, buning uchun uchun esa sovunli suv yoki sizib chiqishni aniqlovchi maxsus ertimadan foydalaning.
Bosim 5 daqiqadan ortiq ta'minlanishi kerak va so'ng, tizimdagi bosim kamaygan yoki kamaymaganligini
kuzatish lozim. Agar bosim kamaysa, sizib chiqish holati mavjud. Sizib chiqish muammosi bartaraf etilgach,
yuqoridagi qadamlarni takror bajaring.
Ichki blok bug'latgichi ulovchi quvurga ulangandan keyin, bosim hosil qilish va sizib chiqishni aniqlash
uchun tizimga azot to'ldirish kerak. Shundan keyin, bug'latgichni tashqi blokning ikki yo'lli klapani va uch
yo'lli berkitish klapaniga ulash lozim. Ulovchi quvur yo'lining mis qopqoq tiqinini mahkamlagandan so'ng,
to'ldirish shlangi yordamida uch yo'lli berkitish klapanining kirish teshigidan 4,0 MPa dan ortiq bosimda azot
to'ldirish lozim. So'ngra azot balloni klapanini yoping va sizib chiqishni aniqlang, buning uchun uchun esa
sovunli suv yoki sizib chiqishni aniqlovchi maxsus ertimadan foydalaning. Bosim 5 daqiqadan ortiq ta'minl-
anishi kerak va so'ng, tizi-mdagi bosim kamaygan yoki kamaymaganligini kuzatish lozim. Agar bosim kama-
ysa, sizib chiqish holati mavjud. Sizib chiqish muammosi bartaraf etilgach, yuqoridagi qadamlarni takror
bajaring.
Yuqoridagi sizib chiqishni aniqlash jarayonini ichki blok ulovchi quvur yo'liga va tashqi blokning ikki yo'lli
berkitish klapaniga va uch yo'lli berkitish klapaniga ulangandan keyin, shuningdek, tashqi blok kirish teshigi
bosimni o'lchovchi datchik bilan jihozlangan azot balloniga ulangan va 4,0 MPa dan ortiq bosimda azot to'ldi-
rilgandan keyin ham amalga oshirish mumkin. Sizib chiqishni aniqlash jarayonida ichki blokdagi birikish
nuqtalari/payvanlangan joylarda hamda tashqi blokning ikki yo'lli berkitish klapani va uch yo'lli berkitish
klapanining ulovchi quvur yo'lidagi birikish joylarida umuman sizib chiqish holatlari kuzatilmasligi kerak.
O'rnatish vaqtida shu narsaga ishonch hosil qilish kerakki, har bir birikish joyi sizib chiqishni aniqlash uchun
qulay bo'lishi kerak.
O'rnatish jarayonidagi ushbu bosqichlar bajarilgandan keyingina (bosim hosil qilish uchun tizimga azot
to'ldirish va sizib chiqishni aniqlash va sizib chiqish holatlarini barataraf qilgandan so'nggina) ishning keyingi
bosqichiga o'tish mumkin.
Tashqi blokni o'rnatish
1.
Qotirish va ulash
Eslatma:
a)
O'rnatilgan joy atrofi bo'ylab 3 m radiusda olov manbasi bo'lmasligi lozim.
b)
Sovutish agenti sizib chiqishi tekshirish asbobini tashqarida pastroq joyga qo'ying
va oching.
4
1)
Qotirish
Tashqi blok tayanchi devorga qotirilishi kerak, so'ng, tashqi blok tayancha gorizontal holatda qotiladi. Agar tashqi
blok devorga yoki tomda o'rnatiladigan bo'lsa, kuchli shamol ta'sirida shikast yetishini oldini olish uchun tayanchni
mahkam qotirish shart.
2)
Ulovchi quvurlarni o'rnatish
Ulovchi quvurlarning konussimon og'zini tegishli klapan konnektorining konussimon yuzasiga moslab keltiring.
Tegishli o'rinlarda ulovchi quvurlar gaykasini o'rnatish va uni gayka kaliti bilan mahkamlash lozim. Gaykani
keragidan ortiq tortib qotirmang, aks holda, gaykaga shikast yetishi mumkin.
Vakuum hosil qilish
Vakuum hosil qilish uchun raqamli vakuum datchik ulash lozim. Vakuum hosil qilib turish kamida 15 daqiqa
davom etishi kerak va vakuum datchigida bosim ko'rsatkichi 60 Pa dan past bo'lishi lozim. Shundan so'ng,
vakuum hosil qiluvchi qurilmani yopib, bosim 5 daqiqa ushlab turilgandan so'ng raqamli vakuum datchikda
bosim ko'rsatkichi ortgan yoki ortmaganlini tekshirish lozim. Agar hech qanday sizib chiqish holati aniqlan-
masa, tashqi blokning ikki yo'lli berkitish klapani va uch yo'lli berkitish klapanini ochish mumkin. Oxirida,
tashqi blokka ulangan vakuum hosil qilish shlangini uzish mumkin.
Sizib chiqishni tekshirish
Tashqi blokning ulovchi quvurlar birikish joylarida sovunli ko'pik yoki sizib chiqishni aniqlovchi maxsus
asbob yordamida sizib chiqish holatlarini tekshirish lozim.
O'rnatgandan keyingi tekshirish ishlari va sinov tariqasida ishlatib ko'rish
O'rnatgandan keyingi tekshirish ishlari
Noto'g'ri o'rnatish oqibati
Tekshiriladigan holatlar
Konditsioner mustahkam o'rnatilganmi
Kond itsioner tushib ketishi, vibra tsiya lanishi yoki shovqin ch iqarishi mumkin
Sovutish quvvati (yoki isitish quvvati) yetarlicha
Havo sizib chiqishi holatlari tekshirilganmi
bo'lmasligi mumkin
Konditsioner tizimi to'liq izolyatsiyalanganmi
Ter suvi paydo bo'lishi yoki tomchi oqishi mumkin
Drenaj oqimi bir tekisda oqib chiqadimi
Ter suvi paydo bo'lishi yoki tomchi oqishi mumkin
Elektr kuchlanishi jihoz pasport tablochasida
Jihoz ishlamay qolishi yoki qismlari kuyishi mumkin
ko'rsatilgan qiymatga mosmi
Elektr zanjir sxemasi va quvur yo'li to'g'ri-
Jihoz ishlamay qolishi yoki qismlari kuyishi mumkin
o'rnatilganmi
Konditsioner tizimi xavfsiz tarzda yerga ulanganmi
Elektr toki sizib chiqishi mumkin
Foydalanilgan elektr sim turi tegishli me'yorlariga
Jihoz ishlamay qolishi yoki qismlari kuyishi mumkin
muvofiqmi
Ichki/tashqi blok havo kirish/chiqish joylarida
Sovutish quvvati (yoki isitish quvvati) yetarlicha
to'siqlar yo'qmi
bo'lmasligi mumkin
Sovutish agenti quvur yo'li uzunligi va sovutish
Solingan sovutish agenti miqdorini tasdiqlab bo'lmaydi.
agenti miqdori qayd etib qo'yilganmi
Sinov tariqasida ishlatish
1.
Tayyorgarlik ishlari
(1)
Barcha o'rnatish ishlari tugallanmaguncha va sizib chiqishni tekshirish ishlari bajarilmasdan oldin
quvvat ta'minotini yoqish mumkin emas.
(2)
Boshqaruv elektr zanjiri to'g'ri ulangan bo'lishi va barcha simlar mustahkam ulangan bo'lishi lozim.
(3)
Ikki yo'lli berkitish klapani va uch yo'lli berkitish klapani ochiq bo'lishi kerak.
(4)
Barcha yoyilib yotgan predmetlarni (ayniqsa, metal qirindilari va rezba qoldiqlari kabi) jihoz korpusidan
tozalab tashlash lozim.
2.
Usullari
(1)
Elektr quvvat ta'minotini yoqing va masofadan boshqarish pultidan "ON/OFF" (yoqish/o'chirish)
tugmasini bosing, shundan so'ng, konditsioner ishga tushadi.
(2)
Isitish, sovutish va supuruvchi shamol rejimlaridan birini tanlash uchun "Mode" (rejim) tugmasini
bosing va konditsioner normal ishlayotganligini kuzatib tekshiring.
5
Jihozni boshqa joyga ko'chirish tartibi
Qismlarga bo'lishdan
Sovutish agentini xavfsiz
oldin tizimda sizib
tarzda chiqarib yuborish
chiqishni tekshirish
Ishga shayligini
Sovutish agentini xavfsiz
tekshirish
tarzda chiqarib yuborish
Tizimdan sovutish
agentini quyib olish
Ichki blokni va ulovchi
quvurlarni azot gazi
bilan tozalash
Qismlarga bo'lish
Standartlarda tabal
qilingandek o'rnatish
Eslatma: agar konditsionerni boshqa joyga ko'chirish talab etilsa, ichki blok bug'latgichining gaz/suyuqlik
quvurlari birikish joylarini pichoq bilan kesish lozim. Quvur og'zini qaytadan yumaloqlab kengaytirgandan
keyin ulash mumkin (bu tashqi blokka ham taalluqli).
Xizmat ko'rsatishga oid yo'riqlar
Xizmat ko'rsatishdagi ehtiyot choralari
Ehtiyot choralari
R32 sovutish agentida ishlovchi konditsionerlar sovutish agenti quvur yo'lida yoki sovutish agenti tizimi ichidagi
komponentlarda elektr payvandlash ishlarini foydalanuvchi xonadonida bajarish umuman man etiladi.
Issiqlik almashinuvi qurilmasini qismlarga ajratish va bukishni talab etadigan ta'mirlar, jumladan, ichki blok
shassisini almashtirish va kondensatorni bir butun holatda yechib olish ishlarini foydalanuvchining xonadonida
bajarashi qat'iy man etiladi.
Kompressorni yoki sovutish agenti tizimi qismlari va komponentlarini almashtirish talab qilinadigan ta'mir ishlarini
foydalanuvchi xonadonida bajarish man etiladi.
Sovutish agenti konteyneri, ichki sovutish agenti quvur yo'llari va sovutish elementlarini almashtirish talab etiladigan
ta'mir ishlarini foydalanuvchi xonadonida bajarish mumkin, jumladan, sovutish tizimi elementlarini yechib olish va
payvandlash kabi ishlar talab etilmaydigan sovutish agenti tizimini tozalash ishlarini ham.
Agar ta'mirda ichki blok bug'latgichining gaz/suyuqlik quvurlarini almashtirish talab etilsa, ichki blok bug'latgichining
gaz/suyuqlik quvurlari birikish joylarini pichoq bilan kesish lozim. Quvur og'zini qaytadan yumaloqlab kengaytirgandan
keyin ulash mumkin (bu tashqi blokka ham taalluqli).
Xizmat ko'rsatuvchi shaxslar malakasi bilan bog'liq talablar
1.
Sovutish agenti aylanadigan zanjir bilan bog'liq ta'mir va xizmat ko'rsatish ishlarini bajaruvchi mutaxassislar tegishli
baholash muassasasi tomonidan berilgan amalda bo'lgan sertifikatga ega bo'lishi kerak, zero bu sertifikat sovutish
agentining tegishli me'yorlarda belgilanganidek xavfsiz tarzda utilizatsiya qilish ishlarini bajarish malakasiga ega
egkanligini bildiradi.
Konditsionerda xizmat ko'rsatish va ta'mir ishlarini faqat ishlab chiqaruvchi tavsiya etgan usulga muvofiq bajarish lozim.
2.
Agar boshqa soha xodimlari yordami zarur bo'lib qo'lsa, ushbu yordam yonuvchan sovutish agenti bilan ishlash
malakasiga egalikni tasdiqlovchi sertifikatga ega xodimlar nazorati ostida berilishi kerak.
6
Qismlarga
bo'lish
Qismlarga
bo'lish

Hide quick links:

Publicidad

Tabla de contenido
loading

Tabla de contenido