Haier AP24UFAHRA Manual De Funcionamiento Y Manual De Instalación página 36

Tabla de contenido

Publicidad

Idiomas disponibles
  • ES

Idiomas disponibles

Xizmat ko'rsatiladigan muhitni ko'zdan kechirish
Ishga kirishishdan oldin sovutish agenti xonaga sizib chiqqan bo'lishi mumkin emas.
Xizmat ko'rsatish ishlari bajariladigan xona maydoni konditsioner pasport ma'lumotlari tablochasida
ko'rsatilgan ma'lumotlarga muvofiq bo'lishi kerak.
Xizmat ko'rsatish jarayonida davomida havo aylanishi uzluksiz ravishda ta'minlanishi kerak.
Xizmat ko'rsatish ishlari bajariladigan xonada ochiq olov yoki osongina o't chiqishiga olib kelishi mumkin
bo'lgan 548 gradusdan yuqori bo'lgan haroratdagi issiqlik manbasi bo'lishi mumkin emas.
Xizmat ko'rsatish jarayoni davomida xona ichida barcha telefonlar va radioaktiv elektron qurilmalarni o'chirib
qo'yish shart.
Xizmat ko'rsatish ishlari bajarilgan joyda bitta quruq kukunli yoki karbonad angidrid gazi bilan ishlovchi
o't o'chirish moslamasi bo'lishi shart va bu o't o'chirish moslamasi ishga shay holatda turishi kerak.
Xizmat ko'rsatish joyi bilan bog'liq talablar
Xizmat ko'rsatish joyida havo yaxshi aylanishi va u joy tekis bo'lishi kerak. Xizmat ko'rsatish joyini yerto'lada
tashkil etish mumkin emas.
Xizmat ko'rsatish joyini payvandlash ishlari bajariladigan va payvandlash ishlari bajarilmaydigan hududlarga
bo'lish va bu ikki hududni aniq qilib belgi bilan ajratish lozim. Ushbu ikki hudud o'rtasida ma'lum xavfsiz
masofa ta'minlanishi kerak.
Ventilyatsiya hajmi va agent gazni bir tekisda chiqarib yuborish bilan bog'liq talablarni bajarish hamda agent
gaz to'planib qolishidan saqlanish uchun xizmat ko'rsatish joyida ventilyatorlar o'rnatish hamda agent gazni
chiqarib tashlovchi ventilyatorlar, oddiy ventilyatorlar, shiftga o'rnatiladigan ventilyatorlar, polda turadigan
ventilyatorlar va agent gazlarni chiqarib yuborish uchun mo'ljallangan kanallarni tashkil etish mumkin.
Joyni yonuvchan sovutish agenti uchun sizib chiqishni aniqlash qurilmasi bilan jihozlash va ushbu jarayonni
boshqarishga qaratilgan tegishli tizimini yo'lga qo'yish lozim. Xizmat ko'rsatish ishlarini bajarishdan oldin
sizib chiqishni aniqlash qurilmasi ishga shay holda ekanini tekshiring.
Xizmat ko'rsatish joyi yonuvchan sovutish agenti uchun mo'ljallangan vakuum nasoslar va sovutish agenti
to'ldirish uskunalari bilan jihozlangan bo'lishi lozim, shuningdek, ushbu jarayonlar uchun tegishli boshqaruv
tizimi yo'lga qo'yilishi kerak. Ushbu xizmat ko'rsatish qurilmalari faqat vakuum hosil qilish va bir turdagi
yonuvchan sovutish agenti to'ldirish uchun foydalanilishi kerak, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish
mumkin emas.
Xizmat ko'rsatish joyi tashqarisida bosh elektr ta'minoti perekluchateli o'rnatilishi va u himoya moslamasi
(portlashga qarshi) bilan jihozlanishi kerak.
Azot ballonlari, atsitelen ballonlari va kislorod ballonlarini alohida-alohida qo'yish lozim. Yuqorida aytilgan
gaz ballonlari va ochiq olov ishtirok etadigan ish joyi o'rtasidagi masofa kamida 6 m bo'lishi kerak. Atsitelen
ballonlari uchun qarama-qarshi yong'indan himoya klapani o'rnatish lozim. O'rnatilgan atsitelen ballonlari va
kislorod ballonlari rangi xalqaro talablarga javob berishi lozim.
Xizmat ko'rsatish ob'yekti ichida "Yong'in xavfi bor" yozuvini ilish lozim.
Xizmat ko'rsatish ob'yekti elektr jihozlar uchun yong'indan himoya qurilmasi, jumladan, kukunli o't o'chirish
moslamasi yoki karbonad angidridli o't o'chirish moslamasi bilan jihozlangan bo'lishi va bu moslamalar doim
ishga shay holda turishi kerak.
Xizmat ko'rsatish ob'yektida ventilyator va boshqa elektr qurilmalar standart quvur yotqizmasiga biroz mahk-
amlanishi kerak. Xizmat ko'satish ob'yektida vaqtinchalik simlar va rozetkalar o'rnatish mumkin emas.
Sizib chiqishni aniqlash usullari
Sizib chiqishni tekshirish ishlari bajariladigan joy o't olish manbalaridan xoli bo'lishi kerak.Galogenli zondlar
(yoki boshqa ochiq olov bilan ishlovchi detektorlar) yordamida sizib chiqishni tekshirishdan saqlaning.
Yonuvchan sovutish agenti bilan ishlovchi konditsioner tizimida sizib chiqishni elektron detektor qurilma
yordamida tekshirish mumkin. Sizib chiqishni tekshirish vaqtida sizib chiqishni tekshirish qurilmasi kalibrla-
nadigan joy va muhit sovutish agentidan xoli bo'lishi kerak. Sizib chiqishni tekshirish qurilmasi ehtimoliy
yong'in manbasi bo'lib qolmasligi va tekshiriladigan sovutish agentiga qo'llash mumkinligiga ishonch hosil
qiling. Sizib chiqishni aniqlash qurilmasini sovutish agenti alangalanuvchanlik quyi cheragasiga (LFL) sozlash
va foydalaniladigan sovutish agentiga kalibrlash va tegishli gaz foizi (maksimum 25 %) ta'minlanganligiga
ishonch hosil qilish lozim.
Sizib chiqishni aniqlash uchun foydalaniladigan suyuqlik sovutish agentiga muvofiq bo'lishi kerak. Tarkibida
xlor bo'lgan eritmalardan foydalanishdan saqlaning, zero xlor va sovutish agenti kimyoviy reaksiyaga kirishishi
va natijada mis quvurlarda korroziya sodir bo'lishi mumkin.
Agar sizib chiqish holati bor, degan gumon bo'lsa, u yerda ochiq olovni evakuatsiya qilish yoki o'chirish lozim.
Agar sizib chiqqan joyda payvandlash ishini bajarish talab etilsa, sovutish agentining hammasini quyib olish
yoki berkitish klapani yordami sovutish agentining barchasini sizib chiqqan joydan uzoqroqda izolyatsiyalash
kerak. Payvandlash mobaynida va undan oldin butun tizimni kislorodsiz azot bilan tozalash lozim.
7
Xavfsizlik tamoyillari
Konditsionerga xizmat ko'rsatish vaqtida yetarlicha havo aylanishini ta'minlash lozim, bu vaqt davomida
eshiklar/derazalarni yopib qo'yish mumkin emas.
Ochiq olov bilan ishlash mumkin emas, jumladan, payvandlash va chekish ham mumkin emas. Uyali
telefondan foydalanish ham mumkin emas. Foydalanuvchiga ham ochiq olov bilan taom tayyorlash ham
mumkin emasligini uqtiring.
Nisbiy namlik 40% dan past bo'lgan quruq mavzum davrlarida xizmat ko'rsatish ishlari jarayonida antistatik
choralarni qo'llash shart, jumladan, paxtali kiyimlar va paxtali qo'lqop kiyish.
Xizmat ko'rsatish jarayonida yonuvchan sovutish agenti sizib chiqayotganligi aniqlansa, majburiy ventilya-
tsiya choralari zudlik bilan ko'rilishi va sizib chiqish joyi berkitilishi kerak.
Agar buzilgan konditsionerni tamirlashda uning sovutish agenti tizimini qismlarga ajratish talab etilsa,
konditsionerni xizmat ko'rsatish markaziga olib borish lozim. Foydalanuvchi xonadonida sovutish agenti
quvurlarini payvandlash mumkin emas.
Xizmat ko'rsatish vaqtida quvur ulanish joylarida kamchilik bo'lsa, konditsionerni qaytadan o'rnatish lozim.
Sovutish tizimi butun xizmat ko'rsatish jarayoni davomida xavfsiz tarzda yerga ulangan bo'lishi kerak.
Sovutish agenti ballonlari bilan uyma-uy yurib xizmat ko'rsatilganda, ballon ichiga to'ldirilgan sovutish agenti
miqdori belgilangan qiymatdan oshishi mumkin emas. Avtotransportga ortilgan ballon yoki o'rnatish/xizmat
ko'rsatish joyida bo'lgan ballon perpendikulyar holatda mahkamlangan bo'lishi va issiqlik manbalari, o't olish
manbalari, radiatsiya manbalari va elekt jihozlardan uzoqda saqlanishi kerak.
Xizmat ko'rsatiladigan elementlar
Xizmat ko'rsatish bilan bog'liq talablar
Sovutish tizimini ishga tushirishdan oldin sirkulyatsiyalanuvchi tizimni azot bilan tozalash zarur. Shundan
so'ng, tashqi blokda vakuum hosil qilish lozim va vakuum ostida bo'lish vaqti 30 daqiqadan kam bo'lmasligi
kerak. Nihoyat, yamash kerak bo'lgan joyni aniqlash uchun azot bilan tozalab tashlash maqsadida 1,5~2,0 MPa
bosimda kislorodsiz azot qo'llanadi.Sovutish tizimida xizmat ko'rsatish ishlarini faqat yonuvchan sovutish
agentining qoldiq gazlari chiqarib tashlangandan keyingina bajarish mumkin.
Sovutish agenti to'ldirish asboblaridan foydalanganda turli sovutish agentlarini aralashtirish mumkin emas.
Tizim ichida sovutish agenti qoldiqlarini kamaytirish uchun sovutish tizimi sirkulyatsiyalanish jami uzunligini
(jumladan, sovutish agenti quvur yo'llarini ham) imkoni boricha qisqartirish kerak.
Sovutish agenti ballonlarini tik holatda va qotirilgan holda saqlash lozim.
Sovutish agenti to'ldirishdan oldin sovutish tizimini yerga ulash lozim.
To'ldirilgan sovutish agenti turi va miqdori jihoz pasport ma'lumotlarida ko'rsatilganidek bo'lishi kerak.
Me'yordan ortiq to'ldirish mumkin emas.
Sovutish tizimida xizmat ko'rsatish ishlarini bajarib bo'lgach, tizimni xavfsiz tarzda zichlash lozim.
Hali davom etayotgan xizmat ko'rsatish ishlari tizimda o'rnatilgan himoyaga zarar yetkazmasligi yoki uni
susaytirmasligi kerak.
Elektr qismlarga xizmat ko'rsatish
Elektr komponentlarida xizmat ko'rsatish ishlari bajarilishiga qisman sizib chiqishni aniqlash asbobi bilan
sovutish agenti sizib chiqishini tekshirish ishlari sabab bo'lishi mumkin.
Xizmat ko'rsatish ishlaridan so'ng, xavfsizlik funksiyalarini bajaruvchi komponentlarni ochiq qoldirish yoki
yechib olish mumkin emas.
Zichlash, germetiklash elementlariga xizmat ko'rsatish jarayonida, zichlama qopqog'ini ochishdan oldin
konditsionerda elektr ta'minotini o'chirish lozim. Elektr ta'minoti talab qilinganda, ehtimoliy xatarlarni oldini
olish uchun eng xavfli nuqtalarda sizib chiqish holatlarini uzluksiz ravishda tekshirish lozim.
Elektr komponentlariga xizmat ko'rsatish jarayonida, korpus devorlari va kojuxlarni joyidan yechib olish
himoya darajasiga salbiy ta'sir etmasligi kerak.
Xizmat ko'rsatish ishlaridan so'ng, germetiklash funksiyalariga zarar yetmaganligiga yoki germetiklash, zichlash
materiallari eskirganligi bois alangalanuvchan gaz kirishiga yo'l qoymaslik funksiyasini yo'qotmaganligiga isho-
nch hosil qiling. Yangi o'rnatiladigan qismlar va komponentlar konditsioner ishlab chiqaruvchisi tomonidan
tavsiya etilgan talablarga javob berishi kerak.
Uchqunga xavfsiz elementlarda xizmat ko'rsatish ishlari
Uchqunga xavfsiz element deyilganda, alangalanuvchan gaz ichida uzluksiz ravishda hech qanday xatarsiz
ishlaydigan qism va komponentlar tushuniladi.
Har qanday xizmat ko'rsatish ishini bajarishdan oldin sizib chiqish yo'qligi va yerga ulanganlik ishonchli
ekanligiga ishonch hosil qilish uchun sizib chiqishni tekshirish va konditsioner ishonchli ravishda yerga t
utashganligiga ishonch hosil qilish lozim.
Agar konditsionerga xizmat ko'rsatish vaqtida mumkin bo'lgan kuchlanish va tok chegarasidan ortish sodir
bo'lsa, zanjirga induktivlik yoki elektr sig'im qo'shish mumkin emas.
Qismlarni almashtirganda faqat konditsionerni ishlab chiqargan kompaniya tayinlagan qismlar va komponen-
tlarni o'rnating, aks holda sovutish agenti sizib chiqqanda yong'in chiqishi mumkin.
Tizim quvur yo'llari bilan bog'liq bo'lmagan ta'mir va xizmat ko'rsatish ishlari davomida tizim quvur yo'llari
yaxshi himoyalangan bo'lishi kerak, toki xizmat ko'rsatish ishlari oqibatida sizib chiqish holatlari paydo
bo'lmasin.
Xizmat ko'rsatish ishlaridan so'ng va sinov tariqasida ishlatishdan oldin sizib chiqishni aniqlash qurilmasi yoki
sizib chiqishni aniqlash eritmasi yordami sizib chiqishni tekshirish, shuningek, konditsioner ishonchli tarzda
yerga ulanganligini ham ko'zdan kechirish kerak. Sinov tariqasida ishlatib ko'rishni sizib chiqish holatlarisiz va
konditsioner ishonchli tarzda yergan ulangan holatida amalga oshirish lozim.
8
Yechib olish va vakuum hosil qilish
Xizmat ko'rsatish ishlari yoki sovutish agenti sirkulyatsiyalanish zanjiri bilan bog'liq boshqa amaliyotlar
umum qabul qilingan tartiblarga muvofiq bajarilishi kerak.
Bundan tashqari, sovutish agenti alangalanu-vchanligini ham asosan hisobga olish lozim. Ishni quyidagi
tartibda bajarish lozim:
Sovutish agentini tozalash;
Quvur yo'lini inert gaz bilan tozalash;
Vakuum hosil qilish;
Quvur yo'lini yana inert gaz bilan tozalash;
Quvur yo'lini kesish yoki payvandlash. Sovutish agenti maxsus ballonga quyib olinadi. Xavfsizlikni
ta'minlash uchun tizimga kislorodsiz azot haydaladi. Bu ishni bir necha bor takror bajarish zarur
bo'lishi mumkin. Sovutish tizimini gaz haydab tozalashda siqilgan havo yoki kisloroddan foydalanish
mumkin emas.
Gaz bilan tozalashda sovutish tizimi ichiga vakuum holatda ishchi bosimga yetguncha kislorodsiz
azot to'ldiriladi. Shundan so'ng, kislorodsiz azot atmosferaga chiqarib yuboriladi. Nihoyat, tizimda
vakuum hosil qilinadi. Tizim ichida sovutish agenti qolmaguncha yuqorida aytilgan jarayon takror
bajarilaveradi. Oxirgi marta to'ldirilgan kislorodsiz azot atmosferaga chiqarib yuboriladi. Shundan
keyin, tizimni payvandlash mumkin. Quvur yo'li payvandlanganda yuqoridagi jarayonni bajarish
zarur bo'ladi.
Vakuum nasos atrofida olov manbasi yo'qligiga va havo aylanishi yaxshi ta'minlanganligiga ishonch
hosil qiling.
Payvandlash
Xizmat ko'rsatish ishi bajariladigan joyda havo aylanishi yaxshi ta'minlangan bo'lishi kerak. Xizmat
ko'rsatish ishlaridan so'ng konditsionerda vakuum hosil qilinadigan bo'lsa, tizim sovutish agentini
tashqi blok tomonga o'tkazish mumkin.
Tashqi blokda payvandlash ishini bajarishdan oldin tashqi blok ichida sovutish agenti yo'qligiga va
tizim sovutish agenti chiqarib tashlangan va tozalanganligiga ishonch hosil qiling.
Sovutish tizimi quvur yo'llarini hech qachon payvandlash pistoleti bilan kesish mumkin emas. Sovutish
tizimi quvur yo'llarini demontaj qilishda quvur kesuvchi asbobdan foydalaning va demontaj ishini
ventilyatsiya tuynugi yonida bajarish shart.
Sovutish agenti to'ldirish tartibi
Umum qabul qilingan tartibga qo'shimcha ravishda quyidagilar ham qo'shiladi:
Sovutish agenti to'ldirish asboblaridan foydalanganda turli sovutish agentlarini aralashtirish mumkin emas.
Tizim ichida sovutish agenti qoldiqlarini kamaytirish uchun sovutish tizimi sirkulyatsiya konturi jami
uzunligini (jumladan, sovutish agenti quvur yo'llarini ham) imkoni boricha qisqartirish kerak;
Sovutish agenti ballonlarini tik holatda saqlash lozim;
Sovutish agenti to'ldirishdan oldin sovutish tizimini yerga ulash lozim;
Sovutish agenti to'ldirgandan so'ng sovutish tizimiga yorliq yopishtirish lozim;
Me'yordan ortiq to'ldirish mumkin emas; sovutish agentini sekinlik bilan to'ldirish lozim;
Agar sizib chiqish holati aniqlansa, toki sizib chiqilgan joy yamalmaguncha sovutish agenti to'ldirish
mumkin emas;
Sovutish agenti to'ldirish jarayoni davomida to'ldirilayotgan miqdorni elektron tarozi yoki prujinali tarozi
yordamida o'lchash lozim. Sovutish agenti balloni va to'ldirish moslamasi o'rtasidagi ulovchi shlang bo'
shroq holatda bo'lishi kerak, bu narsa zo'riqish oqibatida o'lchov aniqligiga salbiy ta'sir bo'lishini oldini
olish uchun zarur.
Sovutish agentini saqlash joyi bilan bog'liq talablar
Sovutish agenti ballonini -10~50°C haroratli va havo yaxshi aylanadigan joyda saqlash va unda ogohlan-
tiruvchi yorliqlarni yopishtirish lozim;
Sovutish agenti bilan kontaktda bo'ladigan ta'mirlash asboblarini alohida saqlash va foydalanish lozim va
turli sovutish agentlari bilan ishlanadigan ta'mirlash va xizmat ko'rsatish asboblarini birga aralashtirish
mumkin emas.
Chiqindiga topshirish va utilizatsiya
Chiqindiga topshirish
Jihozni chiqindiga tashlashdan oldin tegishli texnik jihoz va uning barcha xususiyatlari bilan to'liq tanish
bo'lishi kerak. Sovutish agentini xavfsiz utilizatsiya qilish tavsiya etiladi. Agar utilizatsiya qilingan sovutish
agentidan qayta foydalaniladigan bo'lsa, undan foydalanishdan oldin sovutish agenti va moyidan namuna
;
olib, uni tahlil qilish lozim. Sinov ishlarini bajarishdan oldin talab qilingan elektr ta'minoti ta'minlanishi kerak.
(1)
Jihoz va uning ishlashi haqida yaxshi ma'lumotga ega bo'lish lozim;
(2)
Elektr ta'minotini o'chirib qo'yish lozim;
(3)
Chiqindiga topshirishdan oldin quyidagilarga ishonch hosil qilish lozim:
Mexanik eskuna sovutish agenti ballonida ishlash uchun qulay bo'lishi lozim (agar zarur bo'lsa);
Barcha shaxsiy himoya anjomlari mavjud bo'lishi va ulardan to'g'ri foydalanish kerak;
Butun boshli utilizatsiya qilish jarayon malakali mutaxassis tomonidan olib borilishi lozim;
Utilizatsiya qilish moslamasi va ballonlar tegishli standartlarga mos bo'lishi lozim.
(4)
Imkoni bo'lsa, sovutish tizimini vakuum bilan tozalash kerak.
9
.

Hide quick links:

Publicidad

Tabla de contenido
loading

Tabla de contenido