Elektr kabelini egmang yoki zararlamang
Bunday qilish elektr toki urishiga yoki yong'in kelib chiqishiga
sabab bo'lishi mumkin.
Qurilma zaryadlanayotganda, qurilmani ho'l qo'l bilan
ishlatmang
Bunday qilish elektr toki urishiga sabab bo'lishi mumkin.
Zaryadlash qurilmasining musbat va manfiy uzatgichlarini
bir-biriga ulamang
Bunday qilish yong'inni keltirib chiqarishi yoki jiddiy shikast
yetkazishi mumkin.
Momaqaldiroq vaqtida qurilmangizdan binodan tashqarida
foydalanmang
Bunday qilish elektr toki urishi yoki qurilmaning buzilishiga sabab
bo'lishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan zaryadlash
qurilmalari, aksessuarlar va ta'minotdan foydalaning.
• Umumiy zaryadlash qurilmalaridan foydalanish, qurilmaning
xizmat ko'rsatish muddatini qisqartirishi yoki uning
buzilishiga olib kelishi mumkin. U yong'in kelib chiqishiga yoki
batareyaning portlashiga sabab bo'lishi mumkin.
• Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz
uchun mo'ljallangan batareya, zaryadlash qurilmasi va
kabellardan foydalaning. Mos kelmaydigan batareya, zaryadlash
qurilmasi va kabel jiddiy shikastlanishga olib kelishi yoki
qurilmangizga zarar yetkazishi mumkin.
• Samsung tomonidan tasdiqlanmagan aksessuarlar va
ehtiyot qismlardan foydalanilgan taqdirda, Samsung qurilma
foydalanuvchisining xavfsizligi uchun javobgar hisoblanmaydi.
O'zbek
950