Qurilmani taqayotganda ehtiyot bo'ling.
• Agar qurilmani juda qisgan holda taqsangiz, teri qichishi paydo
bo'lishi yoki aksincha, juda bo'sh holda bog'lasangiz ishqalanish
yuzaga kelishi mumkin.
• Teri qichishishining oldini olish uchun qurilmangizni quruq va
toza holatda saqlang.
• Bu qurilma xavfsizlik bo'yicha xalqaro standartlarga mos
keladi, biroq agar tanangiz sezuvchanligi yuqori bo'lsa yoki
biror materialga allergiyangiz bo'lsa, zaruriy ehtiyot choralarini
ko'ring.
Qurilmangizni bo'yamang yoki uning ustiga stikkerlar
yopishtirmang
• Bo'yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini
yopishib qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi
mumkin.
• Agar Sizda qurilma bo'yog'i yoki uning metal qismlariga
allergiyangiz bo'lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga
toshmalar toshishi mumkin. Bunday hodisa sodir bo'lganda,
qurilmadan foydalanishni to'xtating va shifokor bilan
maslahatlashing.
Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o'rnating
• Transport vositangizga o'rnatilgan barcha mobil qurilma va
moslamalar xavfsiz ravishda montajlanganligiga ishonch hosil
qiling.
• Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig'i ochiladigan
joyga yaqin qo'ymang. Xavfsizlik yostiqlari to'satdan ochilgan
vaqtda noto'g'ri o'rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast
yetkazishi mumkin.
O'zbek
961