Descargar Imprimir esta página

Philips One HY1200 Manual Del Usuario página 58

Ocultar thumbs Ver también para One HY1200:

Publicidad

Idiomas disponibles
  • ES

Idiomas disponibles

  • ESPAÑOL, página 24
-
Faqat original Philips aksessuarlaridan va sarf
materiallaridan foydalaning. Faqat mahsulot bilan
birga yetkazib berilgan 5V kuchlanishli doimiy tok
kirishiga ega quvvatlash kabelidan foydalaning.
Agar toʻplamda mavjud boʻlsa, faqat original USB
taʼminot blokidan foydalaning.
-
Ushbu jihoz shaxsiy parvarish qurilmasi boʻlib,
stomatologik klinikada yoki muassasada bir necha
bemorlar foydalanishi uchun moʻljallanmagan.
-
Jihoz foydalanuvchi xizmat koʻrsata olmaydigan
qismlarga ega. Agar jihoz shikastlangan boʻlsa,
undan foydalanishni toʻxtating va
mamlakatingizdagi Mijozlarga xizmat koʻrsatish
markaziga murojaat qiling.
-
Isitiladigan yuzalar yaqinida foydalanmang.
-
Mahsulotning hech bir qismini idish yuvish
mashinasida tozalamang.
-
Jihoz faqat tishlarni, milklarni va tilni tozalash
uchun ishlab chiqilgan.
-
Tuklari singan yoki bukilgan choʻtka kallagidan
foydalanishni toʻxtating. Choʻtka kallagini har 3
oyda yoki agar eskirganlik belgilari namoyon
boʻlsa – undan ham tezroq almashtiring.
-
Tarkibida efir moylari yoki kokos moyi boʻlgan
mahsulotlarning bevosita teginishidan saqlaning.
Teginish – choʻtkaning siljib qolishiga olib kelishi
mumkin.
-
Agar foydalanishdan keyin ortiqcha qon chiqishi
kuzatilsa, qon chiqishi 1 hafta foydalangandan
keyin ham davom etsa yoki noqulaylik va ogʻriq his
qilsangiz, jihozdan foydalanishni toʻxtating va
stomatolog/shifokorga murojaat qiling.
-
Agar oxirgi 2 oy ichida ogʻizda yoki milklarda
jarrohlik ishlari olib borilgan boʻlsa, jihozdan
foydalanishdan avval shifokor bilan
maslahatlashing.
-
Agar sizga kardiostimulyator yoki boshqa qurilma
implantatsiya qilingan boʻlsa, foydalanishdan oldin
shifokor bilan yoki implantatsiya qilingan qurilma
ishlab chiqaruvchisi bilan maslahatlashing.
-
Agar salomatligingizda masalalar bor boʻlsa,
ushbu jihozdan foydalanishdan avval shifokor
bilan maslahatlashing.
Batareya xavfsizligi koʻrsatmalari
-
Bu jihozda faqat malakali shaxslar chiqara
oladigan batareyalar mavjud.
-
Mahsulotdan faqat toʻgʻri maqsadda foydalaning.
Mahsulotdan hamda uning batareyalari va
aksessuarlaridan foydalanishni boshlashdan oldin
ushbu axborotni diqqat bilan oʻqib chiqing va
keyinchalik murojaat qilish uchun uni saqlab
qoʻying. Notoʻgʻri foydalanish xavflarga yoki jiddiy
jarohatlarga olib kelishi mumkin. Taqdim
etilayotgan aksessuarlar turli mahsulotlarda oʻzaro
farqlanishi mumkin.
-
Mahsulotni va batareyalarni olovdan nari tuting va
quyosh yoki yuqori harorat taʼsirida qoldirmang.
-
Agar mahsulot noodatiy qizib ketsa yoki hid
chiqarsa yoki rangini oʻzgartirsa yoki odatdagidan
uzoq vaqt quvvatlansa, undan foydalanishni va
quvvatlashni toʻxtating va Philips kompaniyasiga
murojaat qiling.
-
Mahsulotni va uning batareyalarini mikrotoʻlqinli
pechga yoki induksiyali plitaga qoʻymang.
-
Batareyalar qizishi yoki zaharli va xavfli moddalar
ajralishining oldini olish uchun jihozni yoki
batareyani ochmang, oʻzgartirmang, teshmang,
shikastlamang yoki qismlarga ajratmang. Qayta
quvvatlanadigan batareyalarning qisqa
tutashuviga, ortiqcha quvvatlanishiga yoki teskari
quvvatlanishiga yoʻl qoʻymang.
-
Bu jihozda almashtirib boʻlmaydigan batareyalar
mavjud. Batareya xizmat muddatining oxiriga
yetganida jihoz tegishli tartibda chiqitga
chiqarilishi kerak, qayta ishlash boʻlimiga qarang.
Saqlash va tashish sharoitlari
Harorat -10 °C dan 60 °C gacha.
Elektromagnit maydonlar (EMF)
Ushbu Philips jihozi elektromagnit maydon taʼsiriga
taalluqli, qoʻllaniladigan barcha standartlar va
normalarga mos keladi.
Belgilar izohi
Mahsulotda quyidagi belgilar chiqishi mumkin:
-
Operator qoʻllanmasi bilan tanishing (Şək. 2).
-
Ajraladigan quvvat taʼminoti qismi (Şək.
3): "xxxxxx" tasdiqlangan quvvatlagich ishlatilishi
zarur model raqamini anglatadi.
Muqaddima
Xaridingiz bilan qutlaymiz va Philips mahsulotlariga
xush kelibsiz! Philips taqdim etadigan imtiyozlardan
toʻliq foydalanish uchun mahsulotingizni
www.philips.com/welcome manzilida roʻyxatdan
oʻtkazing.
Foydalanish maqsadi
Philips One motorli tish choʻtkalari tishlar yemirilishini
kamaytirish va ogʻiz boʻshligʻining salomatligini
yaxshilash va saqlash uchun yopishib qolgan tosh
qatlami va ovqat qoldiqlarini olib tashlashga
moʻljallangan. Philips One motorli tish choʻtkalari
isteʼmolchining uy sharoitida ishlatishiga
moʻljallangan. Bolalarning foydalanishi, kattalarning
nazorati ostida boʻlishi lozim.
Philips Sonicare qurilmangiz (Rasm 1)
1 Dasta
2 Quvvat tugmasi
3 Batareya chiroq indikatori
4 Quvvatlash porti
Aksessuarlar:
5 Choʻtka kallagi(lari)
6 Sayohat gʻilofi
7 Sayohat gʻilofi qopqogʻi
8 Choʻtka kallagi sayohat qopqogʻi
9 USB-A dan kichkina vilkaga
Izoh: Qadoqdagi aksessuarlar xarid qilingan modelga
qarab farqlanishi mumkin.

Publicidad

loading

Este manual también es adecuado para:

One hy1200 serieOne hy1200/26One hy1200/25